Putin ShHT sammitida nutq so‘zladi – asosiy fikrlar

Rossiya rahbari o‘z nutqida qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq so‘zladi.
Quyida Rossiya rahbarining asosiy bayonotlarini keltiramiz:
ShHT xalqaro masalalarni hal etishda izchil ta’sirini oshirmoqda;
ShHT doirasidagi hamkorlik rivojlanishi sur’ati hayratga soladi;
Tashkilot mamlakatlari savdo-sotig‘ida o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan keng foydalanilmoqda;
BMT tamoyillari, jumladan, davlatlar mustaqilligini hurmat qilish bugun ham o‘zgarmas;
Ukraina va G‘arb haqida
Ukrainadagi inqiroz “hujum” oqibatida emas, balki davlat to‘ntalirishi oqibatida yuzaga keldi;
G‘arbning Ukrainani NATOga tortishga urinishlari Ukraina inqirozining asosiy sabablaridan biri;
Rossiya Ukraina masalasida hech bir mamlakat o‘z xavfsizligini boshqa bir davlat hisobiga ta’minlay olmaydi degan yondashuvga amalga qiladi;
Moskva Pekin, Nyu-Dehli va boshqa sheriklarning Ukrainadagi mojaroni tartibga solishga oid sa’y-harakatlarini benihoyat qadrlaydi.
Putin ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi noyabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
ShHT sammiti Xitoyning Tanszin shahrida 31-avgust-1 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 tadan ziyod xorijiy davlat yetakchilari qatnashmoqda.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtiradi. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.
Misli ko‘rilmagan darajaga chiqdi - Putin Xitoy bilan munosabatlar haqida