O‘zbekistonda 2025-yilgi paxta terimi narxlari ma’lum qilindi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2000 so‘m tavsiyaviy narx belgiladi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yilda qo‘lda terilgan 1 kilogrammpaxta uchun 2000 so‘m tavsiyaviy narx belgilandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg uchun 1373 so‘m narx belgilagan.
Vazirlikning qo‘shicha qilishicha, terim vaqtida klaster, fermer xo‘jaligi rahbarlari va terimchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat budjeti hisobidan 1 kg paxta uchun 1000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Xitoyning g‘o‘za navlari O‘zbekistonda sinovdan o‘tkaziladi