TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Xitoyda “O‘zbekiston–Xitoy" savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.
Forumda doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov va Xitoyning “China Broad Future Tobacco International Import and Export Trading Co. Ltd” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Fu Bo O‘zbekistonda qo‘shma korxona va agrosanoat parkini tashkil etish bo‘yicha Hamkorlik bitimini imzolashdi.
V Kitae proshel torgovo-ekonomicheskiy i investitsionniy forum "Uzbekistan-Kitay"
© press-slujba Ministerstva selskogo xozaystva
Shuningdek, Alisher Shukurov va Xitoyning “Henan Bio-Industry Group Co. Ltd” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Kin Tian Cang o‘rtasida “Xitoy–O‘zbekiston biotexnologiya va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sanoat parki tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Hamkorlik memorandumi imzolandi.