Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari umumiy elektr energiya 21,5 foizini ishlab chiqardi

Yil boshidan quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 7 mlrd kVt⋅soatga yetdi. Bu 4,9 million xonadonning bir yillik meyoriy bazasini tashkil qiladi
Sputnik
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. 28 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 7 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 4 mlrd 360,6 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh va 2 mlrd 639,4 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.
Bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 582 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Dastlab quyosh elektr stansiyalari 2022-yili 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda 576,9 mln kVt⋅soat, 2024-yilda esa 4 mlrd 860 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Faqatgina joriy yil avgustning 26 kunidayoq qariyb 1 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

Qolaversa, joriy yil boshidan 28-avgustga qadar barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 11 mlrd, 908,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generatsiyaning 21,5 foizini tashkil qiladi.

Buning natijasida 3 milliard 600 million kub metr tabiiy gaz tejaldi va atmosferaga 5 million tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
O‘zbekiston “yashil” energetika sohasidagi rejalarini ma’lum qildi