O‘zbekiston va Qozog‘iston neft-gaz va kimyo sohalarida yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekistonning "Uzbekneftegaz" AJ va Qozog‘istonning "KazMunayGaz" kompaniyalari Olmaotada neft-gaz, kimyo va geologiya ishlari bo‘yicha yangi hamkorlik bitimini imzolashdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston neft-gaz va kimyo sohasida yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bitim Olmaotada "O‘zbekneftgaz" AJ va "KazMunayGaz" rahbarlari tomonidan imzolangan. Reja doirasida geologiya tadqiqotlari va neft-gaz hamda kimyo yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov "KazMunayGaz" milliy kompaniyasi boshqaruv raisi Asxat Xasenov bilan o‘tkazgan uchrashuvida energetika xavfsizligini ta’minlash, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, tomonlar chegaraoldi hududlarda qo‘shma geologik-qidiruv ishlarini olib borish, ma’lumot almashish va faoliyatni muvofiqlashtirish tartibini ko‘rib chiqib, Qashqadaryo viloyatida qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashishdi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qozog‘istonda “Made in Uzbekistan” yarmarkasi boshlandi