Mebel, butlovchi qismlar: O‘zbekiston va Kuvayt korxonalari hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va uyushma o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Kuvaytda yurtimizning investitsiya va eksport salohiyatini keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi
Sputnik
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt sanoat korxonalari uyushmasi bosh menejeri Xuda al-Baxshi bilan uchrashdi.
"Dunyo" AA xabariga ko‘ra, tomonlar kuvaytlik mebel ishlab chiqaruvchilar uchun yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va aksessuarlarni O‘zbekistondan eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Xuda al-Baxshi tekstil, mebel va elektrotexnika sohasida faoliyat yuritayotgan uyushma a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etishda amaliy ko‘mak berishini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Kuvayt sanoat korxonalari uyushmasi a’zolaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi hamda yurtimiz yengil sanoat korxonalari vakillarining Kuvaytga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Baxtiyor Saidov Bahraynning yetakchi kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi