TOShKENT, 29 avg – Sputnik. G‘arb Afg‘onistonga NATOning harbiy infratuzilmasini qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu “Rossiyskaya gazeta” uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, toliblar hukumatini rasman tan olishdan bosh tortishga qaramay, Britaniya, Germaniya va AQSh Kobul bilan yaqinlashishni ko‘zlamoqda, bu mamlakatlar delegatsiyalari so‘nggi paytlarda tez-tez Afg‘onistonga tashrif buyurmoqda.
Shoygu Afg‘onistonni tiklash uchun G‘arb javobgarlikni zimmasiga olishi kerakligini qayd etdi, ammo ular mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish masalasini siyosiylashtirib, Afg‘oniston rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishmoqda.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Rossiya toliblarga Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga va kuch ishlatar idoralar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.