O‘zbekiston va YeOII

YeOII texnik to‘qimachilik bozori: muammolar va rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi

Texnik to‘qimachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda YeOIIda sohaning istiqbollari, mavjud muammolari hamda texnik mato ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi
Sputnik
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Moskva shahrida "Intertkan.Kuz-2025" umumtarmoq xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi "Texnik to‘qimachilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, tendensiyalari va o‘sish omillari" mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Sanoat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Georgiy Arzumanyan ishtirokchilar bilan ushbu sohaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, texnik to‘qimachilik sohasi uchun yaxshi istiqbollar mavjud. Chunki YeOII mamlakatlari ushbu yo‘nalishda zarur bo‘lgan asosiy xomashyo — poliamid va polipropilen tolalari bilan o‘zlarini ta’minlash imkoniyati mavjud.

Biznes vakillari jarayonni poliefir tolalari ishlab chiqarish statistikasi va bojxona hisobini tartibga solishdan boshlashni taklif qilishdi.
Arzumanyanning ta’kidlashicha, xomashyo, kadrlar va moddiy baza bilan bog‘liq muammolardan tashqari, sanoat yana bir jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda - texnik to‘qimachilikning aniq klassifikatsiyasi, ya’ni tasnifi yo‘q. Shu sababli bozor sig‘imini baholash qiyin.

"Bozorni aniq baholash uchun texnik to‘qimachilikka tegishli barcha turdagi mahsulotlarning batafsil statistik va bojxona tasnifi zarur", - dedi YeIK vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, texnik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘lib, ittifoqning aksariyat davlatlarida ijobiy o‘sish tendensiyalarini ko‘rsatmoqda
Ma’lumot uchun: TIF TN kodi - bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarning tasnifiy kodi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi – infografika