O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

Aholi o‘sishi hozirgi sur’atda saqlansa, 2073-yilga borib O‘zbekiston aholisi 100 million kishidan oshishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Bugun, 28-avgust kuni, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million kishiga yetdi.
Shundan erkaklar soni 19 136 800 nafar, ayollar soni esa 18 863 200 nafarni tashkil etdi. Ya’ni, erkaklar soni ayollarga nisbatan 273 ming 600 nafarga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda aholining o‘rtacha o‘sish sur’ati 2 foizdan ko‘proq bo‘lgan.
Kelgusida ham shu tarzda davom etsa O‘zbekiston aholisi:
2038 yilda – 50 million kishi,
2050 yilda – 63 million kishi,
2055 yilda – 70 million kishi,
2065 yilda – 85 million kishi,
2073 yilda – 100 million kishiga yetishi mumkin.
BMTning “Jahon aholisining 2024-yildagi istiqbollari” ma’ruzasiga ko‘ra, 2100-yilga kelib O‘zbekiston aholisi taxminan 74 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Qaysi viloyatda oilalar orasida ajralishlar ko‘rsatkichi eng yuqori - tahlil