TOShKENT, 28-avg – Sputnik. Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Bu haqda Inson huqulari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar qildi.
Konferensiyada O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi yutuqlari, xususan, 2020-yilda qabul qilingan Milliy strategiya, so‘nggi to‘rt yilda qabul qilingan ikki kodeks, 33 ta qonun, 15 ta farmon va 10 ta hukumat qarori eslatib o‘tildi. Shuningdek, 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi Milliy strategiya loyihasi taqdim qilindi.
Anjuman Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamkorlikda o‘tkazdi. Unda oliy yuridik ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, Milliy markaz huzuridagi kengashlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar mustaqillikning 34-yilligi arafasida uning nafaqat imkoniyat, balki katta mas’uliyat ekani ta’kidlab, yuridik fan va milliy davlatchilik tarixini o‘rganish, inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirishgan.
Ishtirokchilar mustaqillikning 34-yilligi arafasida uning nafaqat imkoniyat, balki katta mas’uliyat ekani ta’kidlab, yuridik fan va milliy davlatchilik tarixini o‘rganish, inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirishgan.
Milliy markaz direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, akademik Akmal Saidov videomurojaat orqali so‘zga chiqib, inson huquqlarini ta’minlash va ularga rioya etish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida qayd etgan.