TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida yanada mustahkam ko‘priklar qurish — ta’lim va madaniyatdan tortib, innovatsiya va biznesgacha — haqida fikr almashdik. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish uchun katta, hali to‘liq ishga solinmagan salohiyat mavjud", — deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Xabarga ko‘ra, muloqot davomida mintaqaviy va global ahamiyatga ega bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi va yanada farovon kelajak uchun hamkorlikda ishlash bo‘yicha umumiy qarashlar bildirildi.