Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainaga "Kinjal" raketasi bilan zarba berdi

Zarba oqibatida YeIning Kiyevdagi vakolatxonasi ham shikastlangan.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya Qurolli Kuchlari uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar, jumladan, "Kinjal" gipertovushli raketalari bilan Ukraina harbiy-sanoat korxonalari, havo bazalari va uchuvchisiz apparatlar tayyorlash va uchirish markazlariga guruhli zarba berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat Ukrainadagi harbiy va energetika obyektlari hamda ular bilan bog‘liq infratuzilmaga berilgan.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen aytishiga ko‘ra, o‘tgan tunda berilgan zarbalardan YeIning Kiyevdagi vakolatxonasi binosi ham zarar ko‘rgan. Xodimlarga zarar yetmagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi YeKning ushbu xabariga izoh berdi.

"Maxsus operatsiya davom etmoqda. Ko‘rapsizmi, Kiyev rejimi ham Rossiya infratuzilmasi obyektlariga, ko‘pincha Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishda davom etmoqda. Rossiya qurolli kuchlari ham o‘z vazifalarini bajarmoqda”, — dedi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ushbu xabarga izoh berar ekan.

Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, o‘tgan tunda Kiyevga berilgan zarbalar natijasida 38 kishi jarohatlangan, ulardan 30 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Rossiya havo hujumidan himoya tizimlari o‘tgan sutka davomida Ukrainaning Su-27 qiruvchi samolyotini, 2ta boshqariladigan aviabombasini va 192 ta samolyot turidagi uchuvchisiz apparatini urib tushirgan.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina 666 ta samolyot, 283 ta vertolot, 80 018 ta uchuvchisiz uchish apparatlari, 625 ta zenit-raketa komplekslari, 24 831 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1588 ta ko‘p raketali transport vositalari, 29 005 ta dala artilleriyasi va minomotlar, 40 547 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.