TOShKENT, 26 avg – Sputnik. 2025 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 10 244 241 ta oila mavjud. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mitaning avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu sanada mamlakatning doimiy aholisi soni 37 543 200 kishini tashkil etgan.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib hisoblansa, O‘zbekistonda oila a’zolarining o‘rtacha soni taxminan 3,7 kishini, ya’ni qariyb 4 kishini tashkil etishi ko‘rinib turibdi.
Shu bilan birga, statistik hisobda "oila" deganda, mustaqil ravishda yoki boshqa qarindoshlari bilan bir xonadonda yashashidan qat’i nazar, har biri alohida oila tushuniladi.
Masalan, katta xonadonda ota-ona va ularning ikki o‘g‘illari o‘z oilalari bilan yashasa, bu holatda statistikada uchta oila aks ettiriladi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va
viloyatlarda oila a’zolar o‘rtacha soni
Viloyat | Jami aholi soni | Oilalar soni | Oila a’zolar o‘rtacha soni |
Qoraqalpog‘iston R. | 2029700 | 499417 | 4,16 |
Jizzax viloyati | 1537600 | 370967 | 4,14 |
Qashqadaryo viloyati | 3639300 | 911917 | 3,99 |
Surxondaryo viloyati | 2945500 | 740005 | 3,98 |
Samarqand viloyati | 4297500 | 1082846 | 3,97 |
Namangan viloyati | 3131700 | 834796 | 3,75 |
Sirdaryo viloyati | 930800 | 251415 | 3,7 |
Andijon viloyati | 3461000 | 946450 | 3,66 |
Navoiy viloyati | 1094700 | 307744 | 3,56 |
Farg‘ona viloyati | 4144700 | 1177396 | 3,52 |
Xorazm viloyati | 2032400 | 580823 | 3,5 |
Toshkent viloyati | 3108500 | 913510 | 3,4 |
Buxoro viloyati | 2077000 | 615418 | 3,37 |
Toshkent shahri | 3112800 | 1011537 | 3,077 |