Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan 700 ming dollar olgan mas’ullar ushlandi

Pul evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish bilan shug‘ullangan Migratsiya agentligi mas’ul xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Migratsiya agentligining Namangan viloyatidagi bosh mutaxassisi odamlarning ishonchiga kirib, Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan 41 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida u mazkur noqonuniy faoliyatni Migratsiya agentligi markaziy apparatining bosh mutaxassisi bilan birgalikda amalga oshirishi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi. Agentlikning ushbu mas’ul xodimi ham yuqoridagi pul mablag‘idan 15 ming dollarni olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Migratsiya agentligining mazkur xodimlari 2024-yilda 80 nafardan ortiq fuqarolarni Koreya davlatiga yuborish uchun 700 ming dollardan ortiq pul mablag‘larini olib, hozirga qadar ularni sarson qilib yurganliklari ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211 (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotishga uringanlar ushlandi