Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatida o‘z guruhida 2-o‘rinni egalladi va shu tariqa kelasi yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Toshkent shahridagi “Alpomish” sport saroyida gandbol bo‘yicha U19 yosh toifasida qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichi so‘nggi, 4-tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi.
Qizg‘in kurashda xitoyliklar 29:25 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa Xitoy “A” guruhida 1-o‘rinni, O‘zbekiston esa 2-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi avvalgi uch turda zafar quchib, yarim finalga yo‘llanma olgan edi. Reglamentga ko‘ra, yarim finalga chiqqan 4 jamoa jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.
Natijada, ham Xitoy, ham O‘zbekiston qizlar terma jamoasi kelasi yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bugun Toshkentda gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanadi