TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Butunjahon o‘smirlar olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 16–23 avgust kunlari Kolumbiyaning Barrankiliya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli turnirda besh qit’aning 45 tadan ortiq delegatsiyasi safida 340 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
Yunoshi Uzbekistana zanyali 2-e mesto na Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade
© Mejdunarodnaya Shaxmatnaya Federatsiya
Musobaqa yakunida o‘zbekistonlik o‘smirlar munosib tarzda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
9 tur davomida o‘zbekistonlik shaxmatchilar 7 g‘alaba va 2 durang natijasiga erishishdi.
Shaxsiy muvaffaqiyatlar ham qayd etildi. Ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z taxtasi bo‘yicha sovrindorlar safidan joy oldi:
Muhammadzo Suyarov – birinchi doskada 2-o‘rin (9 ochkodan 7 ochko).
Humoyun Bekmurodov – ikkinchi doskada 2-o‘rin (9 ochkodan 7 ochko)
Shuni ta’kidlash joizki, FIDE terma jamoasi mamlakat emas, balki turli davlatlardan yosh iqtidorlardan tuzilgan jamoa hisoblanadi. Shu bois milliy termalar orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijani qayd etdi.
Ma’lumot uchun: FIDE terma jamoasi – turli mamlakatlarning yosh iste’dodlaridan tuzilgan jamoa. Birinchi, ikkinchi va boshqa doskalar – jamoa ichidagi o‘yinchilar tartibi. Birinchi taxtada terma jamoaning eng kuchli shaxmatchisi, keyingi taxtalarda esa qolganlari o‘ynaydi.
Ochkolar – shaxmatda g‘alaba uchun 1 ochko, durang uchun 0,5 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko beriladi.
Ochkolar – shaxmatda g‘alaba uchun 1 ochko, durang uchun 0,5 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko beriladi.