U20 jahon chempionatida O‘zbekiston kurashchilari 6 ta medal qo‘lga kiritdi

U20 jahon chempionatida O‘zbekiston kurashchilari 2 oltin, 1 kumush va 3 bronza medal qo‘lga kiritishdi. Shulardan biri Aytjan Xalmaxanov bo‘lib, u karyerasida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. 24 avgust kuni Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Chempionatning so‘nggi kun bellashuvlarida yunon-rum kurashi vakili Aytjan Xalmaxanov 63 kg vazn toifasida oltin medal sohibiga aylandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Final bellashuvida armanistonlik raqibini 12:2 hisobida taslim etgan Xalmaxanov o‘z faoliyatida ikkinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sportchilari turli yo‘nalishlarda quyidagi natijalarni qayd etdi:
Yunon-rum kurashi
Aytjan Xalmaxanov — oltin medal (63 kg)
Ahmad Kodirov — kumush medal (72 kg)
Fayozbek Eshmirzayev — bronza medal (67 kg)
Azimjon Soatullayev — bronza medal (82 kg)
Ayollar (erkin) kurashi
Nigina Sabirova — bronza medal (62 kg)
Erkin kurash
Sherzod Poyonov — oltin medal (92 kg)
1 / 4

Sherzod Poyonov

2 / 4

Nigina Sobirova

3 / 4

Fayozbek Eshmirzayev

4 / 4

Axmad Kodirov

Ma’lumot uchun: Olimpiya o‘yinlarida kurashning ikki turi — erkin va yunon-rum yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Qoidalar o‘xshash, ammo yunon-rum kurashida raqibga beldan pastdan hujum qilish va oyoq bilan ushlash mumkin emas.
O‘zbekistonlik o‘smirlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi