Iordaniya podshohi Samarqandga keldi

Iordaniya podshohini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand shahri aeroportida Iordaniya podshohini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7
Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qilashadi.
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi