TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni taqdirladi.
Farmonda keltirilishicha, ular “o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi” uchun taqdirlangan.
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni
Uktam Aripov — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, jarroh olim;
Vali G‘afurov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib;
To‘xtasin Jalolov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
Vasil Kabulov — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, kibernetik olim;
Begali Qosimov — O‘zbekiston fan arbobi, jadidshunos olim;
Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy) — O‘zbekiston xalq shoiri;
Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi) — O‘zbekiston xalq shoiri;
Murod Rajapov — O‘zbekiston xalq artisti, aktor;
Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy) — Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim;
To‘ra Sulaymonov (To‘ra Sulaymon) — O‘zbekiston xalq shoiri;
Mamirjon Tuxtasinov — O‘zbekiston xalq artisti, xonanda;
Muhriddin Xoliqov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
Ibragim Xamraboyev — O‘zbekiston fan arbobi, akademik, geolog olim;
Muhammadjon Yusupov (Muhammad Yusuf) — O‘zbekiston xalq shoiri.
"Mehnat shuhrati" ordeni
Viloyat Akilova — O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster;
Rimma Axmedova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktori va dublyaj ustasi;
Ismoil Vaxobov — O‘zbekiston xalq hofizi;
Oxunjon Madaliyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
Anarkul Nazarov (Anor Nazarov) — O‘zbekiston san’at arbobi, kompozitor;
Anvarjon Obitjonov (Anvar Obidjon) — O‘zbekiston xalq shoiri.
"Do‘stlik" ordeni
Baxadir Yuldashev — "Diydor" teatr-studiyasi badiiy rahbari.