TOShKENT, 24 avg – Sputnik. 2025 yildan boshlab Buxoro shahrida har ikki yilda bir marta xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘tkaziladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, biyennale sentabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Birinchi biyennale 2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tadbirni o‘tkazish orqali O‘zbekistonni jahon madaniy xaritasidagi nufuzini oshirish ko‘zlangan. Shu bilan birga, zamonaviy san’at, tarixiy meros, kreativ iqtisodiyot va turizm uyg‘unligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Birinchi biyennale o‘tkaziladigan 14 ta madaniy meros obyektini ko‘rgazma va tadbirlar, ta’lim va tadqiqot, ijodiyot va ishlab chiqarish jarayonlari uyg‘unlashgan kreativ klasterga aylantiriladi.
Jahonga mashhur usta-ijodkorlar tomonidan 60 tadan ko‘p art-obyekt, shu jumladan, installyatsiyalarni yaratish, ulardan Biyennale o‘tkaziladigan joyni badiiy bezashda foydalanish va ularning eng munosiblarini dunyo bo‘ylab ko‘rgazmalarda namoyish etiladi.
Tadbir doirasida 30 nafardan ortiq xalqaro ekspert, kurator va san’atshunoslar ishtirokida xalqaro akademik simpoziumni o‘tkaziladi.