TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov "JDB Group Limited" kompaniyasi raisining o‘rinbosari Chan Man In bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar, yer qa’ri foydalanuvchilari va tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, kompaniya vakillari hududlarga tashrif buyurib, istiqbolli maydonlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, kompaniya vakillari bilan anglashuv memorandumi imzolanib, istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilishga kelishildi.
Otkritie pramogo aviasoobsheniya mejdu Gonkongom i Uzbekistanom
© Ministerstvo transporta Uzbekistana
Eslatamiz, 12-avgust kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev "JDB Group Limited" kompaniyasi raisining o‘rinbosari bilan Gonkong va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish masalalarini muhokama qilgan edi.