TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rossiya harbiylari Donesk Xalq Respublikasidagi (DXR) Aleksandro-Shultino aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Janubiy qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Donesk xalq respublikasining Aleksandro-Shultino aholi punkti ozod qilindi," - deyiladi xabarda.
DXRning Seversk, Markovo, Nikolayevka, Minkovka va Vasukovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan, tog‘-shturm, aeromobil brigadalari va Milliy gvardiya brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berilib, katta talofot yetkazildi. Ukraina armiyasi 240 nafargacha askarini, jangovar zirhli mashinasini, ikkita pikap, ikkita dala artilleriyasi qurolini, to‘rtta o‘q-dori va moddiy vositalar omborini yo‘qotdi.
Kuni kecha Rossiya Qurolli kuchlari DXRdagi Suxeskoe va Pankovka hamda Dnepropetrovsk viloyatidagi Novogeorgiyevka aholi punktlarini ozod qilgani ma’lum qilindi.
Ular "Markaz" qo‘shinlari guruhi jangchilari tomonidan ozod qilindi, ushbu qo‘shinlar Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirdi.