TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov dunyoning yetakchi alyuminiy ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "Aluminium Bahrain" (Alba) kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ali Al Baqali bilan uchrashdi.
Uchrashuvda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, “Alba” kabi ilg‘or kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston bilan Bahrayn o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim ustunlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yashil energetikani ilgari surish, texnologik ishlab chiqarish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Ministr inostrannix del vstretilsya s generalnim direktorom kompanii “Lamar Holding”
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov “Lamar Holding” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Lina Nureddin bilan uchrashdi.
"Ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qildik. "Lamar Holding" kompaniyasining O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarni o‘rganishga bo‘lgan samimiy qiziqishini yuqori baholaymiz", – deya ta’kidladi vazir o‘z xabarida.
Ma’lumot uchun, Lamar Holding – Fors ko‘rfazi mamlakatlarida neft-gaz sanoati, energetika, suv ta’minoti, suvni chuchuklashtirish va ijtimoiy infratuzilma sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiruvchi yetakchi developer kompaniyalardan biri hisoblanadi.