Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar

Prezident bilan uchrashuvda tadbirkorlar uchun kelgusi yildan moliya va soliq sohalarida qator yengilliklar joriy etilishi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda sohani rivojlantirishga qaratilgan bir qator yangi va muhim chora-tadbirlar aytib o‘tildi.
O‘zbekistonda xususiy sektorda o‘rtacha oylik 5 million so‘mga yaqinlashdi.
Ishchilar uchun elektron hamon orqali “kunbay”va “soatbay” maosh to‘lash imkoniyati yaratiladi.
1 noyabrdan boshlab tadbirkorlarga barcha mobil ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.
Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar 2026-yil 1-yanvardan bir xil — aylanmadan 1 foiz soliq to‘lashga o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarishni shahar markazidan bo‘sh yeri ko‘p tumanlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlarga 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.
QQSga o‘tadigan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, hisobotida xatolik bo‘lsa ham, jarima qo‘llanmaydi, buxgalterlar maoshining 5 million so‘mgacha qismi korxona to‘layotgan soliqdan chegirib tashlanadi.
Soliqda xato va kamchiliklar aniqlangan tadbirkorlar uchun “amnistiya” e’lon qilinadi. Ularga 1 noyabrgacha barcha kamchiliklarni to‘g‘irlash imkoni beriladi.
Kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlarini hisoblash soliqchilarning vazifasi bo‘ladi. Tadbirkorlar ularning hisobotiga 5 kunda tuzatish kiritishi mumkin bo‘ladi.
Kichik biznes uchun soliq hisoboti kamchiliklari uchun jarimalar 3 karra kamaytiriladi.
2026 yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” mumkin bo‘ladi. Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida elektron raqamli imzo beriladi, bankda hisobraqam ochiladi, xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi, kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.
Ko‘chat, mineral o‘g‘it, poyabzal, chorva ozuqasi kabi sanitariya, veterinariya, karantin nazoratida bo‘lgan 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi.
Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Eng nufuzli laboratoriyalar olib kelinadi.
Endi, mahsulotlar sifati bo‘yicha “bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotni o‘zi bo‘ladi”, - dedi Prezident.
Tadbirkorlar uchun moliya va soliq yengilliklari belgilandi - Prezident farmoni