Viloyat va tumanlarda tibbiy xizmatlar soni kengaytiriladi

Eng keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha standart jarrohlik amaliyotlari va tavsiyalar to‘plami ishlab chiqiladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-avgust kuni sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezidentga quyidagi taklif va rejalar taqdim etildi:
Respublika tibbiy muassasalaridan yuklamalarni tushirish maqsadida viloyat hamda tuman miqyosida xizmatlar kengaytiriladi.
Shu maqsadda 1 ming 500 ta klinik protokol xalqaro talablarga moslashtiriladi (klinik protokollar — bu shifokorlar va tibbiy muassasalar uchun bir xil standartda amalga oshiriladigan qoida va tavsiyalar to‘plami - tahr.) va standart jarrohlik amaliyotlari ishlab chiqiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha bemorlar marshrutlari ishlab chiqiladi va raqamlashtiriladi.
Sun’iy intellektni yordamida insult va infarktga olib keladigan gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy qilinadi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po transformatsii sistemi zdravooxraneniya
Toshkent shahrida yiliga 3 mingdan ortiq jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladigan 250 o‘rinli Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya markazi tashkil etiladi. Markaz hamda Samarqand va Buxorodagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Xalqaro standartlar bo‘yicha erta reabilitatsiya xizmati joriy etiladi. 150 nafar mutaxassis xorijda malaka oshiradi.
Shuningdek, amaldagi sog‘liqni saqlash tizimi raqamlashtiriladi. Yangi qurilish standartlari, poliklinika va kasalxonalarning namunaviy loyihalari shakllantiriladi, 210 ta sanitariya normasi qayta ko‘rib chiqiladi.
2030 yil yakuniga qadar 198 ta markazlashgan laboratoriya tashkil etiladi, ichki va tashqi sifat nazoratini yo‘lga qo‘yiladi, jarayonlarni to‘liq raqamlashtiriladi, bepul tahlillar soni oshiriladi.
Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Professional tibbiyot akademiyasiga aylantiriladi. Yangi dasturlar joriy qilinadi, hamshiralarni NCLEX imtihoni asosida xalqaro sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash yo‘nalishiga qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Barcha o‘quv dasturlari xalqaro tashkilotlar talablari asosida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi, oilaviy tibbiyot bo‘yicha integratsiyalashgan ta’lim dasturi va bir yillik internatura joriy etiladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi faoliyatini yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasiga, onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga, jarohatlanishning oldini olishga yo‘naltiriladi. Buning uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po transformatsii sistemi zdravooxraneniya
2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Qon xizmatini takomillashtirish bo‘yicha dastur qabul qilinib, tibbiyot muassasalarining qon bilan ta’minlanganligi 100 foizga yetkaziladi. Qon preparatlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qon xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari joriy etiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mezonlarini inobatga olgan holda, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda tan olish tartibi joriy etiladi. Jeneriklarning bioekvivalent sinovlari o‘tkaziladi (jenerik — bu original dori vositasining patent muddati tugagandan keyin chiqariladigan, tarkibi va ta’siri bir xil bo‘lgan dori turi- tahr.), tibbiy buyumlarni ularning xavfsizlik sinflari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning tabaqalashtirilgan tizimi qo‘llaniladi. Bu borada faoliyatni boshlash uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Shartnoma asosida ishlab chiqarish va texnologiyalar transferi rivojlantiriladi, farmnazoratning zamonaviy mexanizmlari tatbiq qilinadi.
Prezidentimiz bildirilgan takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni imzoladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi