O‘zbekiston va Belarus energetika sohasidagi kadrlar tayyorlaydi

O‘zbekiston va Belarus vakilari energetika sohasida zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg – Sputnik. “O‘zenergoinspeksiya” Milliy energetiklar assotsiatsiyasi mas’ullari va Belarussiya Respublika kasb-hunar ta’limi instituti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yangi energetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish uchun kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Unda kadrlar tayyorlashda ilg‘or xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy qilish, professional o‘quv dasturlari va treninglar tashkil qilish hamda malakali mutaxassislar uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini kengaytirish borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Muzokaralar davomida energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Hozirda ikki davlat orasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, talabalar va yosh mutaxassislar uchun stajirovkalar tashkil etish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda innovatsion ta’lim platformalarini joriy etish kabi chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda.
"O‘zatom" delegatsiyasi Belarus AESga tashrif buyurdi