Yosh o‘zbek muhandislari Giness rekordini yangiladi

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida poytaxt va respublikaning turli hududlardan kelgan 1946 ta o‘zbek muhandis talabalari bir vaqtning o‘zida 1946 ta robot yig‘ib Giness rekordini yangiladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida 1946 ta o‘zbek muhandis talabalari bir vaqtning o‘zida 1946 ta robot yig‘ib "Giness rekordlar kitobi" rekordini yangiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Gineslar rekordi kitobining bosh hakami Karll Peri Sevill bo‘ldi. Unda poytaxt va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etdi. Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislar ham bor.
Avvalgi rekord 2023-yil 23-yanvarda Hindistonda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda 6-10-sinf o‘quvchilaridan iborat 1 459 nafar bola bir vaqtning o‘zida mini-robotlar yig‘ishgan edi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3