TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Oliy ta’lim tizimida yangi o‘quv dasturlari joriy etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
Yangi dasturlar, xalqaro ta’lim standartlariga integratsiyani kuchaytirib, kredit-modul tizimi orqali talabalarni xorijda ta’lim olish va tajriba almashish imkoniyatini kengaytiradi, talaba-yoshlarning ta’lim maqsadlarini aniq belgilash orqali fanni chuqur o‘zlashtirish, kasbiy malakani uzviy rivojlantirish hamda ilmiy izlanishlarga keng imkoniyatlar yaratadi, deyiladi vazirlik xabarida.
18 avgusta pod rukovodstvom pervogo zamestitelya ministra visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Shoxruxa Daliyeva sostoyalos zasedanie
© ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Yangi o‘quv dasturlari 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab 5 ta oliy ta’lim muassasasining 18 ta bakalavriat va 14 ta magistura mutaxassisliklarida sinov tariqasida joriy etiladi.
Shuningdek, 26 bakalavriat yo‘nalishi va 107 magistratura mutaxassisligi uchun o‘quv rejalari mehnat bozori talablariga moslashtirildi va yangi o‘quv yilidan amalga kiritiladi.