TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Ukrainadagi mojaroning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidan bo‘lgan tarafdorlari vahimada. Rossiya prezidentining xorij mamlakatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev shunday fikrda.
“Ukrainadagi mojaroning yevropalik va britaniyalik tarafdorlari vahimada”, - deya yozdi Dmitriyev Telegram-kanalida vaAmerika rahbari Donald Tramp va Vladimir Zelenskiyning bo‘lajak uchrashuviga bag‘ishlangan G‘arb ommaviy axborot vositalarining iqtiboslarini ilova qildi.
“Bild” nashrining yozishicha, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers yoki Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Vashingtonga Zelenskiy bilan hamrohlikda borishi mumkin.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham Tramp va Zelenskiy uchrashuvida qatnashish niyati borligini ma’lum qildi.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi. Sammitdan so‘ng Amerika rahbari Rossiya tomoni bilan ko‘plab bandlarni kelishib olgani va endi mojaroni hal etish qarori Vladimir Zelenskiy qo‘lida ekanini ta’kidladi.