TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Saudiya Arabistonidan muqaddas Ka’ba yopinchig‘i - kisvaning eshik qismi to‘liq holda O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining ushbu qismi O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi kutilmoqda. Ka’ba yopinchig‘i kisvaning eshik qismi uzunligi 6,3 metr, eni 3,3 metrni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuvda davlat rahbariga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saudning O‘zbekiston xalqiga hadasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasi topshirilgandi.
Kisva bu Ka’ba devorlarini yopib turadigan choyshab. Paxta aralashgan sakkiz bo‘lak qora shoyi matodan tikiladi. Devorning yuqori qismi uchdan bir bo‘lagini yopib turuvchi Kisva parchasiga Qur’oni Karim oyati zarhal yozuvda bitilgan.