O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari YaIM 4,4 foizga o‘sdi – Mishustin

Yil boshidan buyon Ittifoqning bu ko‘rsatkichi yana 2 foizga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘tgan yil davomida 4,4 foizga o‘sdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich yana 2 foizga oshgan.
“O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra Ittifoqning YaIM 4,4 foizga oshdi. Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida 2 foizga o‘sdi va bu sanoat ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘sishi hisobiga amalga oshdi”, - dedi Mishustin.
Rossiya bosh vaziri 10-yil davomida YeOII global rivojlanishning asosiy markazlaridan biri bo‘lganini eslatdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda