TOShKENT, 15 avg – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining (YeOHK) yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Cho‘lponota shahrida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi boshlandi. Rossiya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar hukumatlari rahbarlari - Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi Akilbek Kasimaliyev va Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran ham ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, Cho‘lponotadagi yig‘ilishga YeOII kuzatuvchi davlatlari vakillari - Eronning birinchi vitse-prezidenti Muhammad Riza Orif, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurdi. Kuba bosh vaziri Manuel Marrero Kruz onlayn rejimda ishtirok etmoqda.
YeAES v Cholpon-Ate
© Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiya
“Beshlik” mamlakatlar hukumat rahbarlari savdo, bojxona ma’muriyatchiligi, transport infratuzilmasini rivojlantirish, umumiy birja makonini yaratish, raqobatni takomillashtirish, neft va gazning umumiy bozorlarini shakllantirish, dori-darmon va tibbiy buyumlar bozorlarini rivojlantirish va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadilar.
14 - 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan YeOHK yig‘ilishining kun tartibiga jami 20 ta masala kiritilgan.