Turli mamlakatlar turkiyshunoslari Oltoyda uchrashadi

Konferensiyada turkiy madaniyat va uning jahon tarixiga ta’siri muhokama mavzusi bo‘ladi. Turli mamlakatlardan davlat arboblari, yetakchi tarixchilar, turkiyshunoslar va arxeologlar ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Oltoy Respublikasi "Manjerok" maydonchasida 16–18 sentabr kunlari "Tog‘li Oltoy – turkiy xalqlarning tarixiy vatani. Turkiy sivilizatsiya tarixi sari" II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi- deyiladi Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati matbuot xizmati xabarida.
Konferensiyada turli mamlakatlardan davlat arboblar, yetakchi tarixchilar, turkiyshunos olimlar va arxeologlar ishtirok etadi.
Shuningdek, konferensiyaga faxriy mehmon sifatida "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselov taklif etilgan. 2024-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi shunday konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus, Vengriya, Mo‘g‘uliston va boshqa davlatlardan 70 nafardan ortiq olimlar ishtirok etdi.
Bu ilmiy tadbir o‘tkazilishiga oldindan turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini o‘rganishni ham o‘z ichiga olgan katta ilmiy ishlar amalga oshirilgan.
Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida turkiy xalqlarning tillari, an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi Rossiyaning tarixiy boyligining muhim qismi ekanligini ta’kidladi.
Bo‘lib o‘tgan munozaralar mavzusi turkiy sivilizatsiyaning paydo bo‘lish manbalari, turkiy xalqlar tarixi, ularning slavanlar bilan o‘zaro aloqalari, madaniyati va yozuvi bo‘ldi.
Konferensiya tashkilotchilari - Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Tarixiy ta’lim bo‘yicha idoralararo komissiya, Oltoy Respublikasi hukumati, Rossiya Fanlar vazirligi, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati, Rossiya "Znanie" jamiyati, Rossiya tarixiy jamiyati.
Oltoy o‘lkasi va Sirdaryo viloyati ishbilarmonlari hamkorlik qiladi — tafsilotlar