TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlandi va tanlov natijalari rasmiy ravishda e’lon qilindi. Endilikda abituriyentlar o‘z natijalarini bir nechta qulay usulda bilishlari mumkin.
1. My.uzbmb.uz sayti orqali natijalarni bilish.
Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari mumkin.
2. Mandat.uzbmb.uz sayti orqali natijalarni bilish.
mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, abituriyentning ID raqamini kiritgan holda tanlov natijalarini tez va qulay topish mumkin.
3. Test natijalari qaydnomasi orqali
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi va abituriyentlar ushbu hujjat orqali ham o‘z ballarini bilishlari mumkin.