TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari iqtisodiyoti o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori sur’atda o‘smoqda, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)
YeIK Makroiqtisodiy siyosat departamenti direktori Aleksey Vedev Qirg‘izistonning YeOIIga a’zo bo‘lganiga 10-yil to‘lishiga bag‘ishlangan konferensiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida iqtisodiy rivojlanishning ijobiy dinamikasi va integratsiyaviy o‘zaro aloqalarning mustahkamlanayotgani haqida so‘zladi.
"Ittifoqning umumiy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2015-yildan 2024-yilgacha 17,8 foizga, mutlaq ko‘rsatkichda esa qariyb 1 trillion dollarga o‘sdi. YeOIIning jahon iqtisodiyotidagi ulushi 3,7 foizdan 4,1 foizga oshdi. Shu bilan birga, a’zo davlatlar iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari so‘nggi bir necha yilda o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi", — deya o‘z so‘zida qayd etdi Vedev.
Ittifoq mamlakatlarida tovar va xizmatlar o‘zaro savdosi, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida integratsiya samarasi yaqqol sezilmoqda. Integratsiyaning YaIMga qo‘shgan eng katta hissasi Armaniston va Qirg‘izistonda qayd etilgan.
YeOII miqyosida integratsiyaning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi YaIMning 1,65 foizi yoki taxminan 40 milliard dollar deb baholanmoqda