TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini e’lon qildi. U to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga mas’ul bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlikka investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.
Agentlikning alohida jamg‘armasi bo‘ladi, davlat ko‘magi, shuningdek to‘qimachilik korxonalariga arzon aylanma mablag‘ shu jamg‘arma orqali beriladi. Jamg‘armasiga 200 million dollar ajratilib, korxonalarga arzon aylanma mablag‘ beriladi.
Agentlikka tayyor mahsulot eksportini ikki barobar oshirish, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni sog‘lomlashtirish va 2030-yilga qadar rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bor vazifalari qo‘yildi.