Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyalik ixtirochilar dronlarga qarshi yangilangan himoya tizimini namoyish etdi

Rossiyalik muhandislar dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan takomillashtirilgan tizimni namoyish etdi. Komplekslar allaqachon Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalariga yetkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Muhandislar Rossiya "ONF" ijtimoiy-siyosiy harakati ko‘magida aloqa kanallarini bostirish orqali harbiy texnika va avtotransportni dron hujumlaridan himoya qilish uchun modernizatsiya qilingan "Omut" radioelektron kurash tizimini ishlab chiqdi deb yozadi RIA Novosti "ONF" xabariga tayanib.

"Biz barcha ma’lum antennalarni sinovdan o‘tkazdik va yangi turini tanlab, ularning ko‘rsatkichlarini 20 foizga yaxshiladik. Bunday antennalar signalni barcha yo‘nalishda bir xil uzatadi", - deya keltiriladi "Sky Bullet" kompaniyasi vakilining so‘zlari.

"Jangchilar ko‘pincha dushman dronlari nishonga yetmasdan yo‘q qilinayotganini aytishadi. Biz chastota diapazonini kengaytirish, kuchaytirish koeffitsiyentini oshirish va asosiy xususiyatlarni saqlagan holda tizimning ixcham versiyasini yaratish ustida ishlayapmiz", — ta’kidladi kompaniya vakili.
"ONF" ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab bunday majmualar allaqachon Rossiya bo‘linmalariga topshirilgan va yaqin kunlarda yana yetkazib beriladi.
ONF -ya’ni Umumrossiya “Xalq” fronti-ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar koalitsiyasi bo‘lib, 2011-yil may oyida tashkil etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXRdagi Lunacharskoe qishlog‘ini ozod qildi