TOShKENT, 12 avg – Sputnik. 2025 yil 16-avgust kuni Toshkentda xalqona va madaniy tadbirlaridan biri — “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan dehqonlar o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan sara qovun navlari bilan qatnashishadi.
Shuningdek, o‘zbek milliy madaniyati va mehmondo‘stligini namoyon etuvchi rang-barang konsert dasturlari, hamda Uyg‘ur milliy madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan jonli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar ijro etiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xivada "Qovun sayli" yakunlari va g‘oliblar qanday taqdirlanganligi haqida xabar bergan edik.