Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya urushlarda g‘alaba qozonishni biladigan kuchli davlat – Tramp

AQSh prezidenti Rossiya Gitler va Napoleon ustidan g‘alaba qozonganini eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Rossiya urushlarda g‘alaba qozonishni biladigan kuchli mamlakat. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Rossiyaliklar kuchli, shu sabab ular jang qilishni davom etishmoqda. Rossiya Gitlerni mag‘lub qildi. Biz ham. U Napoleon ustidan g‘alaba qozondi”, - dedi Tramp. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Amerika rahbari Oq uyda brifing o‘tkazdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan konstruktiv muloqot o‘tkazishni kutayotganini ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Alyaskadagi sammit dastlabki bo‘ladi.
Eslatamiz, Rossiya va AQSh yetakchilari Putin va Tramp 15-avgust kuni Alyaskada uchrashadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Milliyet: Putin Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi