TOShKENT, 12 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda matbuot anjumani o‘tkazib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada bo‘ladigan uchrashuvi haqidagi savollarga javob berdi.
Amerika yetakchisining bayonotlaridan asosiylari:
Tramp Putinni Ukrainadagi mojaroni yakunlashga ko‘ndirishini ma’lum qildi. “Men unga aytaman: Bu urushni to‘xtatishingiz lozim. To‘xtatishingiz lozim”.
“Ehtimol, men chiqaman, omad tilayman, va bu bilan bari tugaydi. Men hal qilib bo‘lmadi deyishim mumkin”, - dedi Amerika yetakchisi.
Tramp Zelenskiy va yevropaliklarni Putin bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha xabardor qiladi.
Shu bilan birga u Zelenskiyni Alyaskaga taklif qilish niyati borligini tasdiqlamadi
Trampning ta’kidlashicha, uchrashuvning birinchi daqiqasidan Ukraina bo‘yicha bitim tuzish mumkin yoki mumkin emasligini anglashi mumkin.
AQSh rahbari Moskva bilan savdo aloqalarini yaxshilashi mumkinligini istisno qilmadi va Rossiya juda qimmatli resurslarga ega ekanini qo‘shimcha qildi.
Trampning aytishicha, u yakunda Putinni Zelenskiy bilan muzokaralar stoliga o‘tqazishi mumkin.