TOShKENT, 11 avg – Sputnik. 10-avgustdan O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"2025 yil 10-avgust soat 6:00 dan e’tiboran Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” hamda Sirdaryo viloyatidagi "Xovosobod" chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz", - deyilgan xabarda.
Xabarga ko‘ra, postlar ikki davlat hukumatlari o‘rtasida imzolangan “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida"gi bitimga muvofiq amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashish uchun yashil yo‘lak" tizimini joriy etishni taklif qilinayotgani to‘g‘risida yozgan edik.