"Tramp poker o‘yinchisi kabi siyosat yuritmoqda: saftata gapiradi, oll-in qiladi (o‘yinchi o‘zida qolgan barcha fishkalarni garovga qo‘yadigan vaziyat - tahr.), qo‘l ko‘tarishga harakat qiladi, lekin faqat o‘yindan chiqish uchun. Putin siyosatda ko‘proq shaxmatchiga o‘xshaydi: o‘z yurishlari oldindan hisob-kitob qilingan, u omad omiliga ishonmaydi, raqiblarni alohida tahlil qiladi va shunga asoslanib strategiyasini belgilaydi", - deb yozadi nashr.
"Bugungi kunda G‘arb butunlay parishonlikka tushib qolgan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Trampdan Ukraina bilan maslahatlashmasdan rejaga rozi bo‘lmaslikni so‘ramoqda va Trampni Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish yo‘lini yopishi mumkin bo‘lgan kelishuvdan ogohlantirmoqda. Yevropa Ittifoqi va Zelenskiy hech bir hudud yo‘qotilmasligi kerak, deb hisoblaydi; Tramp esa Rossiya butun Ukrainani okkupatsiya qilmagani orqali allaqachon yon bergan, deb hisoblamoqda va hozirgi front chizig‘i Rossiya chegarasidan o‘tishiga qarshi... U Ukraina hududining bir qismidan voz kechishni kelishuv uchun real asos sifatida ko‘radi", - deya ta’kidlaydi muallif.