O‘zbekiston va YeOII

YeOII: Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligini imtiyozli kreditlash va lizing mexanizmlari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, budjetdan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ixtisoslashtirilgan davra suhbatida milliy qishloq xo‘jaligi idoralari mutaxassislari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Muhokamada, xususan, qishloq xo‘jaligini imtiyozli kreditlash va lizing mexanizmlari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, budjetdan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shunchaki moliyaviy yordam vositasi emas, balki barqaror, raqobatbardosh va texnologik rivojlangan sanoatni shakllantirishning strategik mexanizmidir”, - dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Agrosanoat siyosati departamenti direktori Naira Karapetan.
Ishtirokchilar muhokama qilingan mavzularning dolzarbligini, bu borada muntazam tajriba almashish muhimligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi — YeIK