TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Avaza shahrida BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida o‘tkazildi.
Predsedatel Senata provela vstrechu s visokim predstavitelem Generalnogo sekretarya OON
© Senata Oliy Majlisa
Fatima Rababxonim Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasini yuksak baholab, bugungi Senat faoliyatini dunyo mamlakatlarining ko‘plab parlamentlari uchun namuna ekanligini e’tirof etdi.
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro do‘stona munosabatlari hamda yaqin qo‘shnichilik aloqalari davlatlar va mintaqa rivoji, xalqlar farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Predsedatel Senata provela vstrechu s visokim predstavitelem Generalnogo sekretarya OON
© Senata Oliy Majlisa
Muloqot chog‘ida mintaqada tashqi savdo, transport va kommunikatsiya sohalaridagi imkoniyatlar hamda xalqaro darajada hamkorlikni kuchaytirish borasida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Predsedatel Senata provela vstrechu s visokim predstavitelem Generalnogo sekretarya OON
© Senata Oliy Majlisa
Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalar hamda BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida qabul qilingan xujjatlarning samarali ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.