BRIKS mamlakatlari AQSh bojlariga qarshi qo‘shma javobni muhokama qilmoqda

AQShning yangi bojlari BRIKS bilan yashirin keskinlikni ochiq mojaroga aylantirishi mumkin. Braziliya, Xitoy va Hindistonning reaksiyasi Vashingtonga qarshi yagona front shakllanganidan dalolat beradi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Braziliya prezidenti Lula da Silva Hindiston va Xitoy yetakchilari bilan AQSh joriy qilgan tariflar bo‘yicha qo‘shma pozitsiyani kelishib olish uchun bog‘lanishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilindi.
Braziliya prezidenti Donald Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rmayotganini ta’kidlab, "men o‘zimni yerga urmoqchi emasman", deb qo‘shimcha qildi.

"Qo‘shma Shtatlar prezidenti Braziliya kabi suveren davlat uchun qoidalarni belgilay olishiga ishonadi. Buni qabul qilib bo‘lmaydi," - dedi Lula da Silva Braziliya iqtisodiyoti endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShga bog‘liq emasligini, mamlakat endi dunyoning ko‘plab davlatlari bilan mustahkam aloqalarga ega ekanligini ta’kidlab.

"Agar qo‘shma javob ishlab chiqilsa, bu BRIKS va AQSh o‘rtasidagi yashirin to‘qnashuv dinamikasida yangi burilish bo‘ladi, Tramp o‘z siyosati bilan huddi shularni oldini olmoqchi edi. Bu to‘qnashuv ochiq tus oladi. Bunday holda, Trampning tarif urushlari teskari ta’sirga ega bo‘ladi - BRIKS mamlakatlarini ajratish emas, balki birlashtirish omiliga aylanadi," - deb yozdi Rossiyalik senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram-kanalida.

O‘z navbatida, Xitoy Braziliyani qo‘llab-quvvatlashini va AQShning tarif siyosatini qoralashini ma’lum qildi.
"Xitoy Braziliyaning milliy suvereniteti va qadr-qimmatini himoya qilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi va Braziliyaning ichki ishlariga asossiz tashqi aralashuvga qarshi chiqadi. Xitoy Braziliyani BRIKS mexanizmi orqali mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashda qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Tariflardan boshqa mamlakatlarni bostirish uchun qurol sifatida foydalanish BMT Nizomini buzadi va JST qoidalariga putur yetkazadi", - deb yozilgan Xitoy Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Braziliya bilan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini ta’kidladi
Bundan tashqari, AQShning unga qarshi kiritgan tariflariga nisbatan Hindiston o‘z noroziligini bildirdi.
"Biz allaqachon bu masalalar bo‘yicha o‘z pozitsiyamizni aniq belgilab oldik, jumladan, bizning importimiz bozor omillariga asoslangan va Hindistonning 1,4 milliard aholisining energiya xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda. AQSh qo‘shimcha bojlar joriy etishga qaror qilgani juda achinarli. Bu xatti-harakatlar adolatsiz, o‘zini oqlamaydigan va oqilona emas", - deb yozilgan Hindiston Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Amerikalik tahlilchilar ham proteksionizm siyosatining oqibatlaridan xavotir bildirishmoqda. "The New York Times"ning yozishicha, AQSh prezidenti hind importiga bojlarni oshirish orqali Hindiston bilan munosabatlarni buzishi hamda Hindistonni Rossiya va Xitoy bilan yaqinlashtirishi mumkin, CNN telekanali esa ekspertlar fikriga tayanib, Rossiya energoresurslarini sotib oluvchi mamlakatlarga qarshi sanksiyalar Amerika iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi mumkinligini ta’kidladi.
Shunday qilib, Trampning AQSh manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tarif siyosati BRIKS davlatlari birlashishi kabi teskari natijaga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 30-iyulda Donald Tramp Braziliya mahsulotlariga bojlarni 50 foizgacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, 1-avgustda esa AQSh Hindistondan importga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi.
Hindiston Tramp bojlari sabab Rossiya neftidan voz kechmaydi – ekspert