TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Indoneziya hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) dekabr oyida Rossiyada erkin savdo zonasini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolaydi, deb xabar berdi "Jakarta Globe" gazetasi Indoneziya tashqi ishlar vaziri Sugionoga tayanib.
"Ushbu kelishuv iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi", - dedi Sugiono beloruslik hamkasbi Maksim Rijenkov bilan Jakartadagi uchrashuvidan so‘ng.
Savdo bitimi tariflarni pasaytirishni o‘z ichiga oladi, ammo tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
Bojlarning pasayishi, YeOII hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard dollarlik savdoga ta’sir qiladi. Hujjat kuchga kirgandan so‘ng, tomonlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yaqin 3-5 yil ichida ikki baravar oshishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov iyun oyida Sugiono bilan muzokaralardan so‘ng Indoneziya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim tez orada taqdim etilishini aytib, Moskva uni tez orada imzolanishini kutayotganini qo‘shimcha qilgan edi.