TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) O‘zbekistonda Agroinnovatsion markaz barpo etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mabuot xizmati xabar berdi.
BMTning Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda BMT bosh kotibi o‘rinbosari Fotima Rabob o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ogranichennaya geografiya — neogranichennie vozmojnosti
© Ministerstvo selskogo xozaystva
Uchrashuvda 2024-yil 5-6 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum davomida erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.
Xususan, vazirlik huzurida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari uchun dengizga chiqish imkoniyati cheklangan sharoitda doimiy muloqot va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Agroinnovatsiya xabini tashkil etish tashabbusi diqqat markazida bo‘ldi.
Rabob O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Agroinnovatson xab konsepsiyasi hozirda FAO tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilib, ikkita shunday xabni yaratish - biri Afrikada, ikkinchisi O‘zbekistonda - rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Vazirlik huzurida “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” yo‘nalishidagi muloqotlarni tizimli muvofiqlashtirib borish uchun Kotibiyat tashkil etilgani bildirildi.
Uchrashuv yakunida Agroinnovatsion markazni tashkil etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.