TOShKENT, 3 avg – Sputnik. O‘zbekistonlik voleybolchilar Yaponiyani mag‘lub etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentda tashkil etilayotgan voleybol bo‘yicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati hal qiluvchi bosqichga kirmoqda.
Kecha O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston vakillari 13-o‘rin uchun bellashuvda bugun pokistonlik tengqurlariga qarshi qarshi maydonga chiqishadi.
O‘zbekiston 3 – 1 Yaponiya
(14:25, 25:21, 25:21, 25:14).