TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Vengriya parlamentida O‘zbekiston bilan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Milliy majlisi vitse-spikeri Ishtvan Yakab bilan uning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik doirasida uchrashuv o‘tkazdi.
V parlamente Vengrii obsujdeni voprosi rasshireniya dvustoronnego ekonomicheskogo sotrudnichestva s Uzbekistanom
© IA "Dunyo"
Muzokaralar chog‘ida tomonlar parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniyat kabi ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, kutilayotgan tashrif davomida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik, xususan, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun sezilarli salohiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi qayd etildi.