TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da dori vositalarini sinovdan o‘tkazish va laboratoriya tadqiqotlari sifatini tekshirish endi yangicha tarzda bo‘ladi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi farmatsevtika laboratoriyalari va ularni tekshiradiganlar uchun yangi qoidalarni tasdiqladi.
Agar dori vositasi YeOIIda tasdiqlangan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar endi chet elda dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun takroriy tadqiqotlar o‘tkazishlari shart bo‘lmaydi.
Tekshiruvchilar esa turli YeOII mamlakatlarida takroriy tekshiruvlardan qochishga yordam beradigan tartiblarga muvofiq ishlaydi.
Yangi qoidalar “Yevroosiyo beshligi” tajribasini ham, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti xalqaro tavsiyalarini ham hisobga oladi.